#Murojaat #Onlayn_qabul

⚡️ Hurmatli yurtdoshlar!

Ertaga 23-yanvar kuni soat 11:00dan 12:00ga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyevning navbatdagi onlayn qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda faoliyatga oid murojaatlar qabul qilinadi.

Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston davlat filarmoniyasining https://t.me/filarmoniyauz telegram kanali orqali tashkil etiladigan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.

❗️Eslatib o‘tamiz, telegram akkauntida murojaatchining to‘liq ismi, familiyasi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi shart! Aks holda ushbu murojaat qabul qilinmasligi mumkin.

🔷 Onlayn qabulda faol ishtirok eting!

✅ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

You may also like...